SIBEL MARTINEZ TOMONIDAN ISPAN TILIDAN TARJIMA QILINGAN
G’arb gegemonligining oq’ibatidan biri tillarni ierarxiyalash bo’ldi, ularning ba’zilari tillar, boshqalari esa faqatkina lahjalar hisoblanadi. Tilning siyosiy statusi, bu tilda gaplashuvchilarning hayotiga ham ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, avvaliga xuddi bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan qarorlar bilan belgilanadi, yaniyi milliy davlatlarga bo‘lingan dunyoning shakllanishi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, dunyo 200 ga yaqin davlatlarga bo’linganligi aniq kurinadi, lekin bu shakilanishlar xardoim bulmagan. Insoniyat tarixining katta qismi bugunga qaraganda, o’z chegaralarini qat’iy nazorat qilib kelmagan. Zamonaviy davlatlarning asosiy xususiyatlaridan biri – yagona umumiy tarix, yagona umumiy o’ziga xoslik va yagona tilga bo’lgan ehtiyoj haqida illyuziya yaratadib millatchilikni rivojlantiradi. Biroq, tillarning xilma-xilliki har qanday qotib ketgan millatchilikni diskursini inkor qiladi. Ushbu til siyosatisi tarixda hech qachon ko’rilmagan darajada bugungi kunda duch delayotgan til xilma—xiligining yo’qolishi uchun javobgar. Mahalliy tillar va milliy davalat tili bo’lmagan barcha bor tillar, xozirgi dunyoning siyosiy tashkilotini tartibga soluvchi makfuraga nisbatan xatarlik deb tushunsa buladi.
Agar dunyoda taxmina yetti ming til so’zlashayotganini va atigi 200ga yaqin davlat mavjudligini hisobga olsak, bir dona xam yaxlit tillik mamlakat yo’qligi ayon bo’ladi; sabab har bir davlat tomonidan boshqariladigan hududda turli tillarga ega xalqlar yashaydi. Xarxil tillarning mavjudligi har bir mamlakatning rasmiy tilning ruhiga zid keladi, shuning uchun ko’p hollarda mamlakatlar hukumatlari, ayniqsa 20-asrda va 21-yilda davomda til siyosatini amalga oshirganligini tasdiqlashimiz mumkin. Har bir davlat tomonidan da’vo qilingan tilldan boshqa tillar yo’q bo’lib ketishi. Ushbu til siyosatlari tarixi hech ko’rilmagan bulgani uchun, bugungi kunda duch kelayotgan til xilma-xilligining yo’qolishi uchun javobgardir.
Tarjimani amalga oshirish, u tarjima qilingan va tarjimaga solingan tillarning siyosiy statusi begona emas. Gegemon tillarda barcha turdagi lug’atlar, ma’lumotnomalar, izohlar bor, burlar tarjima jarayoniga yordam beradigan vositalar. Davlati boʻlmagan tillar, hattoki og’zaki til saqlanish uchun kurash ko’rsatadigan—till tarjimasiga kelganda, tarjimani amalga oshirish uchun turli strategiya va vositalarni ishlab chiqishga majbur boʻldilar: misol, tarjima jarayonida jamoa bilan bila ishlab amalga oshirish harakati buladi, shund maslahat manblalaringiz, lug’atingiz xamtilda momla qiladigan keksalar bular, agar matn tabiat haqida bo’lsa, o’rmonlar mutaxassisi bular, agar falsafa tarjimasi bo’lsa fikirlash an’anasi mutaxassislari bo’ladi. Kimki bu so’zlarni tarjima qilib turgan bulsa, buni juda aniq bilasizlar.
Hatto tarjima imkoniyatlari ham tillarning statusi bilan cheklangan, gegemon tillar o’rtasida tarjima qilish imkoniyati, davlat tillar bo’lmagan tillarga qaraganda ko’proq. Tarjima qiladigan yoki tarjimaga ag’dariladigan tillar imkoniyatini kengaytirish bilan, tarjima nazariyasi va amaliyoti qanchalik boyitilishi mumkin? Bir-biridan tubdan farq qiladigan grammatik va lingvistik amaliyotga ega tillardan tarjima qilish uchun qanday strategiyalar qo’llaniladi? Rasmiyi davlatlar tomondan, xilma-xill narasmiyi tillarga tegishlik siyosat orqalik, qancha boylik xavga tushadi? Balki bu savollarga shu matni tarjima qilinayotgan jarayonida javob berilmoqda. ■
Sibel Martinez Ismailova grew up in a multilingual family in between spanish, uzbek, english and russian, and lives in between Barcelona, Paris and Tashkent. She is now studying sciences in Paris in her last year of secondary school. After secondary school she is willing to study biology and philosophy.
Sibel Martinez Ismailova, uzbek, ispan, ingliz, fransuz va uris tillar orasida katta bulib, usmirlika eti. Xozirgi kunda Parijda liceyni so’nggi yillida ta’lim olyapti. Liceydan kegin biologiya va falsafa yunalishida o’lyi uqishga kirishga niyat qiladi. Barselona, Toshkent va Parij shaxarlarda yashidi.
Please note that this translation will be available for our subscribers upon the release of The Funambulist 53, Thread of Translations, on May 2, 2024. You can pre-order your copy of the issue here.